Buffon hozir eng zo‘r darvozabon kimligini aytdi

  • 19 may, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning eng mashhur darvozabonlaridan biri Janluiji Buffon ayni paytda dunyoning eng kuchli posbonlari kimlar ekanini aytdi.

Tecno

- Men uchun eng zo‘rlari Yan Oblak, Tibo Kurtua, Janluiji Donnarumma va Mayk Menyan, - dedi hamon faoliyatini davom ettirayotgan Buffon Gazzetta dello Sport gazetasi muxbiriga.

Ma’lumki, Yan Oblak anchadan beri “Atletiko” darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Kurtua esa “Real”da birinchi raqam egasi.

Italiya terma jamoasi darvozasini Buffondan qabul qilib olgan Donnarumma klublar miqyosida PSJ sharafini himoya qilmoqda. Mayk Menyan esa “Milan”dagi ishonchli o‘yinlari bilan Buffonning nazariga tushdi.

45 yoshli Buffonning o‘zi V Seriyada o‘zini tarbiyalagan “Parma” darvozasini qo‘riqlayapti.

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!