Bu yulduzni faqat “Barsa” transfer qila oladi

  • 16 oktabr, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl”ning etakchi o‘yinchisi Bruno Gimaraes kelajakda “Barselona” safida to‘p tepishni rejalashtirgan.

Tecno

Braziliyalik futbolchi “qarg‘alar” bilan kelishuv imzolagan paytda shartnomaga faqat “Barselon” uchun amal qiladigan band kiritgan. Unga ko‘ra, kataloniyaliklar bu o‘yinchini 65-70 million evro atrofidagi summaga transfer qilishiga asos yaratilgan.

Agar boshqa klublar Gimaraesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lsa, takliflarini 100 million evrodan boshlab shakllantirishi talab etiladi.

Gimaraes “Nyukasl”da 2022 yilning yanvaridan beri o‘ynayapti. Ayni paytda u Angliya Premer-ligasining eng kuchli yarim himoyachilaridan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!