
Bu yulduzga “Liverpul” yoqmay qoldi. U yangi jamoa tanladi
“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Senegallik to‘purarning amaldagi shartnomasi kelasi yil yarmida yakunlanadi. Mane klub mutasaddilari 30 yoshli o‘yinchiga u kutgan darajadagi shartnoma berishiga shubha bilan qaramoqda.
Manega PSJ jiddiy qiziqish bildirmoqda va parijliklar futbolchi so‘ragan maoshni berishga qodir.
Sadio “Liverpul”ga 2016 yili “Sautgempton”dan ko‘chib o‘tgan. Bu mavsum barcha turnirlarda 49 marta maydonga tushib, yigirma ikkita gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar