Bu yulduzdan qilig‘i uchun alamimni olgan bo‘lardim!

  • 12 avgust, 12:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl”ning sobiq bosh murabbiyi Alan Pardyu shvetsiyalik hujumchi Aleksander Isaakni jamoadan ketishga harakat qilayotganini tanqid qildi.

Tecno

25 yoshli Isaak mavsumoldi yig‘inlaridagi uchrashuvlarda “Nyukasl” uchun bir daqiqa ham o‘ynamadi. U Osiyo bo‘ylab turnega chiqmadi va jamoa safardan qaytganidan so‘ng umumiy guruhdagi mashg‘ulotlardan chetlatildi.

Isaak nima qilib bo‘lsa ham, “Liverpul”ga o‘tmoqchi. Liverpulliklar uni sotib olish uchun allaqachon takliflarni jo‘natgan. Pardyuning fikricha, “Nyukasl” rahbariyati ketish ilinjida qaysarligini ko‘rsatayotgan futbolchini qo‘yib yubormay to‘g‘ri qilyapti.

- Menimcha, bu transfer amalga oshmaydi. Chunki “Nyukasl” qarshi turibdi va ular ham o‘yinchiga nisbatan qaysarlik qilyapti. Agar men klub rahbari bo‘lganimda, xuddi shunday yo‘l tutardim. Narxni osmonga ko‘tarardim.

Muammo shundaki, Isaak juda noto‘g‘ri yo‘l ish qildi. Bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin emas. Uning agentlari va maslahatchilari unga, ushbu ajoyib klubga xizmat qilgandan so‘ng, ketishni talab qilish kerakligini aytgan. Va u hozir klubni shantaj qilyapti, — dedi Alan Pardyu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!