Bu turda syurpriz ko‘rsatishga qodir jamoa bormi yoxud Superligada 1-davra tugayapti

  • 29 iyun, 2023, 00:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing qoldirilgan 8-tur uchrashuvlari bugun boshlanadi va 3 iyulgacha davom etadi. Shundan so‘ng rasman chempionatimizda birinchi davra uchrashuvlari yakunlanadi. Odatdagidek, juftliklar haqida va jamoalarning imkoniyati borasida so‘z yuritamiz.

Tecno

29 iyun

“Paxtakor” – “Andijon”

Amaldagi chempion – “Paxtakor” bu safar “Andijon”ni qabul qiladi. Yaxshi o‘yin bo‘ladi. Maksim Shatskix jamoasi bilan ketma-ket 9 ta o‘yindan beri g‘alabali seriyasini davom ettirib kelyapti. Chempionat avvalida dastlabki 2 ta uchrashuvda yutqazganidan beri “Sherlar”ni hech kim to‘xtata olmayapti. “Andijon” ham oxirgi paytlarda o‘z o‘yinini topdi va buni natijalarda ham ko‘rib turibsiz. “Burgutlar” oxirgi 4 ta uchrashuvd ketma-ket g‘alaba qozonayotgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Yana bir qiziq jihati shundaki, Superliganing to‘purarlari – “Paxtakor”dan Dragan Cheran, “Andijon”dan esa Rubin Xebay o‘rtasida ham o‘ziga xos to‘qnashuv bo‘ladi. Ayniqsa, albaniyalik Xebay to‘xtamasdan gol uryapti. Bu jihat ham uchrashuvga bo‘lgan qiziqishni oshirishi turgan gap.

alijonov5_1

30 iyun

“Qizilqum” – “Bunyodkor”

Turnir jadvalida “Bunyodkor”da 12 ta o‘yindan keyin natijalari mutlaq tenglikni ko‘rsatyapti. G‘alaba, durang va mag‘lubiyati 4 tadanni tashkil qilyapti. To‘plar nisbati ham teng – 14\14. Chempionatni yaxshi boshlagan “Bunyodkor” keyinchalik pastladi. “Qizilqum”ning natijalari “Bunyodkor”dagidan ham pastroq. Navoiyliklar 12 ta o‘yinning faqat 1 tasida g‘alaba qozonishgan xolos. 4 durang va 7 mag‘lubiyati bor. Yaqinda klubga uchinchi marta yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu safar Jamshid Saidov ushbu lavozimda ish boshladi. O‘tgan turda safarda “Turon”ga qarshi debyutida “Qizilqum” durang o‘ynadi. Rosti, bu safargi to‘qnashuvda imkoniyatlar teng baholanyapti.

bunyodkor2_3

1 iyul

“Navbahor” – “Buxoro”

Bu to‘qnashuvda deyarli barcha “Navbahor”ning imkoniyatini yuqori hisoblayapti. Sababini o‘zingiz ham bilasiz. “Buxoro” tezroq birinchi davra tugasa keyin tarkibda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l uriladi. Bosh murabbiylikka Ulug‘bek Baqoev kelgan bo‘lsa-da, u o‘zi istagan futbolni shakllantirishda qiyinchiliklarga duch kelyapti. Futbolchilar tanlovida Baqoev qatnashmagani sababli uning o‘yin uslubiga to‘g‘ri kelmayotganlari bilan allaqachon xayrlashishdi. Jamoa o‘yin tomonlama inqirozga tushib qolgandek taassurot uyg‘otyapti. Chunki ketma-ket bahslarda ochko yo‘qotishyapti. Bu gal esa chempionlik uchun kurashayotgan “Navbahor” maydonida o‘ynaydi. Ham, muxlislar bosimi, ham mezbon jamoa bosimi...”Buxoro”ga juda qiyin bo‘ladi. Darvoqe, hozirgacha eng ko‘p mag‘lubiyat buxoroliklarga tegishli – 9 ta.

“So‘g‘diyona” – OKMK

Bu jamoalarni to‘plagan ochkolari o‘rtasidagi farq 6 ta. “So‘g‘diyona”da 12, OKMKda 20 ochko bor. Ikkala klubni tajribali mutaxassislar boshqarishyapti. Kim birinchi gol ursa o‘sha jamoa yutadigandek, yana kim bilsin?!

okmk_1

2 iyul

“Olimpik” – “Surxon”

Ikkalasi ham o‘yin tomonlama bir-biriga yaqin va xarakterlari ham. Xuddi “chaqilmas yong‘oq”qa o‘xshashadi. Hozirda “Surxon” “Olimpik”dan yuqorida turibdi, 3 ochkoga ilgarilab ketgan. Bunday o‘yinda istalgan natija qayd etilishi mumkin.

“Neftchi” – “Nasaf”

O‘tgan turda vodiy derbisi doirasida “Navbahor”ni qabul qilib og‘ir uchrashuvni o‘tkazgan “Neftchi” bu safar undan qolishmaydigan uchrashuvda qatnashadi. Endilikdagi raqib “Nasaf” klubi. To‘g‘ri, ko‘pchilik o‘tgan safargi o‘yinda farg‘onaliklar yaxshi taassurot qoldirishganini e’tirof etdilar. Bu gal ham “Neftchi” ana shunday faollik ko‘rsatishi kerak. O‘tgan turda ularga faqat gol etishmagandi. “Nasaf”ning potentsialini hamma biladi. Zo‘r to‘qnashuv bo‘ladi. Balki yana durang bo‘lar...

neftchi yangi_4

3 iyul

“Metallurg” – “Turon”

“Turon”dagi vaziyatdan xabaringiz bo‘lsa kerak. Klub sal qolsa chempionatdagi ishtirokini to‘xtatishi mumkin edi. Ammo klubning egalari mavsum oxirigacha homiylik ishini davom ettiradigan bo‘ldilar. Afsuski, pro ligadan yana Superligaga qaytgan “Turon”ning ishlari yurishmayapti. Superligada birgina g‘alaba qozona olmayotgan jamoa bo‘lib qolmoqda. Bekoboddagi uchrashuvdan so‘ng birinchi davrani g‘alabasiz tugatgan yoki tugatmaganligi oydinlashadi. Ya’ni, yaypanliklar hech yo‘g‘i oxirgi turda bitta bo‘lsa ham g‘alaba qozonish ilinjida harakat qilishsa ajab emas. Ammo “Metallurg” o‘z uyida autsayderga qarshi uchrashuvda imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormasa kerak. Qolaversa, bekobodliklar o‘tgan turda “Olimpik” bilan bahsda yaxshi taassurot qoldirib, haqiqiy irodasini ko‘rsatdi. Shu bois bekobodliklarda ruhiy ustunlik bor.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ал хилол
29/06/2023 11:54

Жа унчалик эмас
&
Uzbek ligion
29/06/2023 09:02
Neftchi Nasaf uyini yil uyini buladi
&
jamolidin
29/06/2023 15:26
Bekorni etibsan qancha zur uyinlar buli