Bu transferning taqdiri “Siti”ga bog‘liq

  • 25 avgust, 2022, 12:32
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaning kataloniyaliklar safiga o‘tish imkoniyatini baholadi.

Tecno

“Bernardu Silvani yoqtirmaydiganlar bormi? De Bryuyne yoki Xolandnichi? Bernardu - "Siti"ning asosiy o‘yinchisi. U o‘z jamoasi uchun juda muhim futbolchi.

Men uning o‘yinlarini yaxshi ko‘raman, chunki unga o‘xshagan futbolchilar juda kam. Lekin hammasi “Manchester Siti”ga bog‘liq”, - deya Xavining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Avvalroq Bernardu Silva "Barselona" bilan shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

28 yoshli portugaliyalik o‘tgan mavsum "Man Siti"ning barcha turnirlar doirasidagi 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!