
Bu to‘purar narxiga arzimaydi
“Bavariya” rahbariyati Bundesliga to‘purarlari poygasida Harri Keyn bilan raqobatlashayotgan “Ayntraxt” hujumchisi Umar Marmush uchun kurashdan chiqdi.
Misrlik futbolchini olish uchun myunxenliklar “Liverpul” bilan raqobatga kirishgan edi.
Taniqli jurnalist Kristian Falkning ma’lum qilishicha, “Bavariya” mutasaddilari Marmushga qo‘yilgan narx sun’iy oshirilgani uchun uni sotib olmaslikka qaror qilgan. “Ayntraxt” mavsum kashfiyotiga aylangan futbolchisini kamida 50-60 million evroga baholamoqda.
Futbol sir-asrorlarini Misrda o‘rgangan Marmush Evropadagi faoliyatini “Volfsburg”da boshlagan. Orada ijara asosida “Sankt-Pauli” va “Shtuttgart” jamoalarida to‘p tepdi.
Frankfurtliklar 25 yoshli hujumchini 2023 yili o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Umar Marmush Misr terma jamoasida 35 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar