Bu to‘purar Angliya futboliga yaramaydi

  • 31 oktabr, 2021, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya futbolida nom qozongan sobiq hujumchi Juzeppe Savoldi joriy mavsumda A  Seriyada to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen o‘ziga qiziqish bildirayotgan “Chelsi”ga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

Tecno

Juzeppe Savoldining ta’kidlashicha, Osimxen Italiya chempionatida xuddi Romelu Lukaku singari samarali o‘yin ko‘rsatishi mumkin, lekin Angliya premer-ligasida vaziyat boshqacha. Shu bois, “Chelsi” 22 yoshli hujumchiga umuman to‘g‘ri kelmaydi.

Bundan tashqari, sobiq hujumchi yosh hamkasbining “Napoli”dan tashqari boshqa yuqori darajali klublarda o‘ynamagani va Neapolga kelgunga qadar u Evropa miqyosidagi katta g‘alabalardan uzoqda bo‘lgan “Lill” sharafini himoya qilganiga e’tibor qaratdi.

Ta’kidlash joizki, Viktor Osimxen joriy mavsumda “Napoli” tarkibida barcha turnirlarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to‘qqiz marotaba aniq nishonga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!