
Bu qiziq! "Real" Morata transferidan umumiy qancha ishlab oldi?
Madridning "Real" klubi hujumchi Alvaro Morata transferidan umumiy 75 million evro daromad ko‘rdi.
19 iyul kuni forvard 13 million evro evaziga "Atletiko"dan "Milan"ga ko‘chib o‘tdi. "Qirollik klubi" ushbu transferdan 390 ming evro ishlab oladi.
Umuman olganda, "Los Blankos" Alvaroning transferlaridan 74.85 million evro foyda ko‘rdi.
2013 yilda Morata Madrid klubidan "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgan va tezda uni qaytarib olgan. 2017 yilda esa Alvaro "Real"dan "Chelsi"ga o‘tdi.
"Chelsi" Moratani "Atletiko"ga ijaraga berib, so‘ng sotib yuborganida, "Real" 1 million 860 ming evroga ega bo‘ldi. Forvard "Yuventus"ga o‘tganda, "Qirollik klubi" 600 000 evro foyda qilgan.
Fikrlar