"Bu o‘yinga ortiqcha ta’rif shart emas, vodiy derbisida yo durang bo‘ladi yoki..." - mutaxassis Superliganing 5-turi oldidan kimning imkoniyatini yuqori baholadi?

  • 6 aprel, 2023, 00:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligamizning 5-tur uchrashuvlari ostonamizda turibdi. 7-10 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarga qiziqish katta. Bir-biridan murosasiz to‘qnashuvlar kutmoqda.

Tecno

Ayniqsa, bu turda vodiy derbisi bor. Unda “Andijon” bilan “Neftchi” Farg‘onada g‘oliblik uchun kurashadi. Hali g‘alaba va mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan klublar uchun ham bu tur muhim. Bundan tashqari, OKMK - "Navbahor" o‘rtasidagi shiddatli bellashuv ham bor.

Shu bois futbol mutaxassislaridan biri Jamshid Saidov 7 ta juftlikka o‘z munosabatini aytdi.

7 aprel

“Turon” – “Olimpik”

- Yaxshi o‘yin bo‘ladi. Garchi “Turon” mezbon bo‘lishiga qaramay, “Olimpik” ancha xavfliroq. To‘g‘ri, ular o‘z uyida “Andijon”ga yutqazib qo‘ydi. O‘sha uchrashuvda andijonliklar yaxshi himoyalanishgani uchun “Olimpik” jamoasiga yorib o‘tish qiyin bo‘lgandi. Albatta, “Turon”ning o‘yini ham yomon emas. Biroq “Olimpik”ning ko‘rsatatyogan o‘yini yaxshiroq. Yo durang yoki mehmonlar uch ochkoni qo‘lga kiritsa kerak.

olimpik2_1

“Buxoro” – “Bunyodkor”

- “Buxoro”da bosh murabbiy o‘zgardi. Baqoev jamoaga yangicha motivatsiya olib kirsa ajab emas. “Bunyodkor” chempionatni yaxshi boshladi. Hali yutqazgani yo‘q. Maydonda jiddiy jang kechadi. Nazarimda, imkoniyatlar teng.

8 aprel

“So‘g‘diyona” – “Metallurg”

- “So‘g‘diyona”da ham bosh murabbiy yangilandi. Yangi kelgan Ivan Boshkovich jamoaga o‘zining o‘yin uslubini singdirishga harakat qiladi, albatta. “Metallurg”ga qaraganda, “So‘g‘diyona”ning o‘yini qiziqarliroq. Garchi jizzaxliklar 4 ta uchrashuvda hali g‘alaba qozonmagan bo‘lishsa-da, namoyish etayotgan o‘yini chakki emas. Bu bahsda “So‘g‘diyona”ning qo‘li baland keladi, deb o‘ylayman.

“Andijon” – “Neftchi”

- Zo‘r o‘yin bo‘ladi. Vodiy derbilari har doim shiddatli o‘tgan. “Neftchi” turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Shunga yarasha chempionatni yaxshi boshladi. Bu o‘yin Farg‘onada bo‘ladi, ammo bilishimcha nominal mezbon “Andijon”. O‘tgan turda “Olimpik” maydonida qo‘lga kiritilgan g‘alaba andijonliklarning ruhiyatini yanada ko‘tarishi aniq. O‘ylashimcha, derbida durang bo‘ladi yoki “Andijon”ning qo‘li baland keladi.

andijon qarshi_1

9 aprel

OKMK – “Navbahor”

- Bu bahsga ortiqcha ta’rif shart emas. Sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuv hujumkor o‘tishi aniq. Rosti, kimnidir imkoniyatini yuqori baholashim qiyin. Tomoshabop uchrashuv bo‘ladi. Menimcha, kuchlar teng keladi.

“Nasaf” – “Surxon”

- Bu o‘yinda “Nasaf” favorit va buni amalda ham isbotlaydi. Mezbonlarning yutug‘iga ishonyapman. To‘g‘ri, “Nasaf”ning o‘yinida ayrim kamchiliklar yo‘q emas. Ammo ular “Surxon”dan har tomonlama kuchli.

nasaf1

10 aprel

“Paxtakor” – “Qizilqum”

- “Paxtakor” g‘alaba qozonadi. Ular o‘z o‘yinini topib boryapti. Dastlabki ikkita mag‘lubiyatdan so‘ng etarlicha xulosalarni chiqarishdi. Maksim Shatskix jamoasi kuchayib boraveradi. “Qizilqum”ni kuzatdim, o‘yinida nimadir bor deb ayta olmayman. O‘tgan turda “Nasaf”ni qabul qilib birinchi bo‘lib gol urishdi. Ammo o‘sha uchrashuvda ham “Nasaf” “Qizilqum”ga qaraganda yaxshiroq o‘ynadi. Aytmoqchimanki, “Paxtakor”ga qarshi bahsda maydon egalariga kuchi etmaydi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sardorbek 5555
07/04/2023 14:15
Navbaxor yutadi akamiz tochni paxtakorni muxlisi ekan
&
Bek 56
06/04/2023 03:41
Бухорода тренир бу'лган агар адашмасам
Dolche& Gabana
06/04/2023 01:03
Ким узи бу жамшид деганлари бирорта таниган одам бирор инфо езворила