
Bu o‘yinchi o‘rniga Xoland keladi
“Chelsi” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Timo Vernerni sotib yuborishga qaror qilgani haqida jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi. Germaniyalik hujumchi “aristokratlar” kutgan o‘yinni namoyish qila olmadi.
Manbaning aytishicha, londonliklar Bundesligada porlagan hujumchini katta umidlar bilan transfer qilgan. Biroq, Verner mana ikki mavsumki o‘z o‘yinini ko‘rsata olgani yo‘q.
“Chelsi” prezidenti Roman Abramovich klub mutasaddilariga nima qilib bo‘lsa ham “Borussiya”dan Erling Xolandni olib kelish topshirig‘ini bergan. Shu bois, ular norvegiyalik hujumchi transferi bilan parallel ravishda Vernerni ketkazish bo‘yicha ham ish olib boradi. Chunki, Xoland aynan Vernerdan bo‘shagan o‘ringa olib kelinadi.
Timo Vernerga ilgari “Leyptsig”da unga ustozlik qilgan va ayni paytda “Bavariya”ni boshqarayotgan Yulian Nagelsmann xaridor bo‘layotgani haqida ma’lumotlar bor.
Fikrlar