Bu jamoada Shomurodovga o‘rin yo‘q!

  • 27 dekabr, 2021, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi – IFFHS 2021 yil yakunlari bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasi ramziy terma jamoasini tuzib chiqda.

Tecno

Qizig‘i, qit’aning eng zo‘r futbolchilari qatoriga 2021 yil davomida «Jenoa» va «Roma»da muvaffaqiyatli harakat qilgan Eldor Shomurodovga joy topilmadi. Xalqaro tashkilotning bu qarorini O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatining saralashini muvaffaqiyatsiz yakunlagani bilan izohlash mumkin.

5dd3fac802e8bd162b51befc

Demak Osiyo qit’asining ramziy terma jamoasi bilan tanishamiz.

Darvozabon: Metyu Rayan (Avstraliya/ «Arsenal» / «Real Sosedad»)

Himoyachilar: Takexiro Tomiyasu (Yaponiya/ «Bolonya» / «Arsenal»), Xosseyn Kanaanizadegan (Eron/ «Persepolis» / «Al-Ahli»), Abdul Karim Hasan (Qatar/ «As-Sadd»), Yassir Ash-Shahroniy (Saudiya Arabistoni/ «Al-Hilol»).

Yarim himoyachilar: Takefusa Kubo (Yaponiya/ «Real» / «Xetafe»), Yuya Osako (Yaponiya/«Vissel Kobe»), U Ley (Xitoy/ «Espanol»).

Hujumchilar: Ali Mabxut (Birlashgan Arab Amirliklari/ «Al-Jazira»), Sardor Azmun (Eron / «Zenit»), Son Xin-Min (Janubiy Koreya/ «Tottenxem»).

Mourino tufayli ichkilikdan voz kechdim

“Roma” himoyachisi Rik Karsdorp jamoani Joze Mourino qabul qilib olgani uning futbolga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirganini tan oldi.

- Mourino meni yaxshi futbolchi bo‘lishimga hissa qo‘shyapti. Avvallari men ichkilik ichish va ko‘chada behuda vaqt o‘tkazishni xush ko‘rardim. Hozir bularning barchasiga chek qo‘ydim. Men aslida “Roma”ga jiddiy loyihalarda qatnashish uchun kelganman, lekin ancha vaqt hech narsaga erisha olmay yurdim.

Jarohatim tufayli uzoq vaqt davomida o‘zimni ko‘rsata olmadim. Odamlar mendan bu darajani ushlab tura olishim va yana yuqori sport formasiga chiqishim haqida so‘ray boshlashdi. Niderlandiyaga ijaraga jo‘natilganimdan keyin muvaffaqiyatga erishishni qasd qilib ortga qaytdim.  Bu foyda berdi va men Mourino boshqarayotgan “Roma”ning asosiy tarkibiga kirdim, - dedi Rik Karsdorp.

Rik Karsdorp joriy mavsumda rimliklar safida barcha turnirlarda 24 marotaba maydonga tushdi va jamoadoshlariga beshta golli pas berdi. Niderlandiyalik futbolchi 2017 yilda “Feyenoord”dan 16 million evro evaziga transfer qilingan edi.

674991_original

“Roma”ning nishonini “Barsa” urib ketmoqchi

“Ayaks”da har yili bir necha iste’dodli futbolchilar porlaydi va ularni Evropaning grand klublari talab ketadi.

Marokashlik himoyachi Nusser Mazraui ayni paytda bir necha klub nishonida turibdi. Bu futbolchining “Ayaks” bilan shartnomasi mavsum oxirida nihoyasiga etishi uning bozorini qaytanib yubordi.

“Roma” anchadan beri Mazrauini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lyapti. Lekin bu oson bo‘lmaydigan ko‘rinadi.

Mourino nishonidagi o‘yinchiga “Barselona” va “Napoli” kabi qudratli klublar og‘iz sola boshladi. Transfer summasi 18 million evroga baholanayotgan futbolchini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritish kimga ham yoqmaydi, deysiz?

Mazraui joriy mavsumda “Ayaks” tarkibiga 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va uchta assist qayd etdi.

73ee554f694c82fef2bab0299e59a997-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

Shomurodov “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” futbolchilari bilan o‘ynashi mumkin!

O‘runovni “Spartak”da nega o‘ynatishmadi? Sirlar ochilmoqda!

Shomurodov “Olimpiko”ni portlatdi!

Rossiya klubi O‘runovni transfer qilishga o‘ylanib qoldi!

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

Shomurodovning hisobi bo‘sh...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!