Bu jamoa 90 yil deganda chempion bo‘ldi

  • 26 may, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiya chempionatida kutilmagan voqea yuz berdi. Milliy liganing so‘nggi turida “Yunion” jamoasi o‘z maydonida “Gent” futbolchtlarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Shu tariqa, “Yunion” ochkolari sonini  56 taga etkazib, birinchi o‘rinni naqd qildi va kelasi mavsum mamlakat chempioni sifatida Evropa Chempionlar ligasining asosiy guruhida ishtirok etadigan bo‘ldi.

“Yunion” chempionlikni 90 yil kutdi. Bu jamoa uchun 12-chempionlik unvoni bo‘ldi. “Yunion” chempionatdagi so‘nggi oltin medalini 1935 yili qo‘lga kiritgan edi.

Yakunlangan musobaqada “Yunion” mamlakatning an’anaviy grandlari – “Bryugge”, “Genk”, “Anderlext”dan o‘zib ketdi.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!