
Bu Israel Adesanya uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi
Pert shahrida (Avstraliya) bo‘lib o‘tgan "UFC 305" turniri yakunlandi. Uning asosiy to‘qnashuvida janubiy afrikalik Drikus Dyu Plessi va Yangi Zelandiya vakili Israel Adesanya to‘qnash keldi. O‘rta vazn toifasida chempionlik kamari uchun kechgan bahs to‘rtinchi raundda dyu Plessining g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Adesanya uchun bu mag‘lubiyat faoliyatidagi to‘rtinchi va qatorasiga ikkinchisi bo‘ldi. Israelni hozircha birgina jangchi sabmishshin orqali taslim qildi. Bunday mag‘lubiyat Adesanyaning faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, to‘rtinchi raundda Drikus Adesanyani sabmishshin orqali engdi hamda kamarini o‘zida saqlab qoldi.
Fikrlar