
Bu hujumchini olish – katta xato!
“Liverpul” afsonasi Grem Suness “Chelsi” rahbariyati “Everton” hujumchisi Entoni Gordonni olib katta xatoga yo‘l qo‘yishi mumkinligini ta’kidladi.
“Aristokratlar” Liverpul shahrining ikkinchi jamoasidan Gordonni transfer qilish maqsadida dastlabki taklifini yangilab, to‘lanadigan badal pulini 40 millionda 45 million funtga ko‘tardi.
- Bu narx atigi elliktadan bitta ko‘p o‘yinda qatnashgan futbolchi uchun juda qimmatlik qiladi. O‘ylashimcha, Gordon talantli yigit, lekin unga tikilayotgan mablag‘ga arzimaydi.
Men “Chelsi”ning boshlang‘ich tarkibi va zaxirasiga qarab, hammasi joyida ekanini ko‘raman. Ularga faqat sinovdan o‘tgan zo‘r to‘purar kerak xolos, - dedi Grem Suness.
21 yoshli Entoni Gordon Angliya premer-ligasida 51 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta gol va uchta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar