Bu hujumchi uchun kurash avjida

  • 30 noyabr, 2021, 23:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Dushan Vlaxovich yozda "Fiorentina"ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, "Yuventus" futbolchini kelasi yozda qo‘lga kiritishni istaydi. Bundan tashqari "Tottenxem" ham u uchun kurashadi. 

Shuningdek, Dortmundning "Borussiya" klubi ham Erling Xolandni sotgach, serbni o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. 

Ta’kidlab o‘tish lozim, Dushanning APLga o‘tishi qiyin masala. Sababi, "Arsenal" forvardning agentlari bilan bo‘lgan muzokaralarda muammolarga duch kelgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!