"Bu golni urishimni 100 foiz bilardim", - Radion Yangirov

  • 2 yanvar, 14:47
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Media jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining birinchi turida O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan "FK Anvonted" Saudiya Arabistonini irodali tarzda mag‘lub etdi.

Tecno

O‘yinda dastlab arablar hisobni ochgan bo‘lsa, Radion Yangirov ajoyib goli bilan imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. "Sports.uz" esa undan o‘yin, gol va muxlislar haqidagi fikrlarini so‘radi. Quyida Yangirov bilan bo‘lib o‘tgan intervyuni o‘qishingiz mumkin. 

- Jahon chempionatida ilk bora ishtirok etmoqdasizlar, ilk taassurotlar qanaqa bo‘ldi?

"Bunday turnirda qatnashish orzu edi, tuyg‘u misli ko‘rilmagan, bu muhitni hamma his qilishi kerak edi", - deya intervyuni boshladi Radion. Shundan keyin jurnalistimiz undan nimaga darvozabon sifatida maydonga tushganini so‘radi. 

"Bularning barchasi turnir oldidan rejalashtirilgan edi va men darvozada turishimni tushundim. Ko‘rib turganingizdek, reja amalga oshdi".

- Gol urishingizdan 5 sekund oldingi holatingizni tasvirlab bera olasizmi, umuman golingiz haqida gapirib bersangiz.

"Bu golni urishimga 100 foiz ishongandim. Zarba kuchli edi va to‘p burchakka qarab yo‘l oldi, bu esa darvozabonga qiyinchilik tug‘dirdi".

- Golingizdan keyin jamoa uyg‘ondi va o‘yinga qaytdi. Uchrashuv oldidan mana shundan muhim golni uraman deb o‘ylaganmidingiz?

"O‘yindan oldin murabbiy bilan gaplashdik, u menga gol urishimni aytdi va bu o‘tkazib yuborilgan goldan 18 daqiqa o‘tib sodir bo‘ldi. 1-bo‘lim oldidan hisobni tenglashtirishimizni aniq bilardim. Jamoaga gol kerak edi, men buni uddaladim".

- Keyingi o‘yin AQShga qarshi, nima deb o‘ylaysiz, ular Saudiyadan kuchlimi yoki kuchsiz?

"To‘g‘risini aytsam, bu turnirda kuchsiz jamoalar yo‘q, har bir o‘yin qiyin bo‘ladi".

Yakunda Yangirov jamoa muxlislaridan xursand ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 

"Shunday damlarda biz bilan birga ekanligingizdan juda xursandman, bu biz uchun juda yoqimli, birga tarix yozyapmiz. Aytganimdek va aytaman uzr dunyo"

"FK Anvonted" keyingi turda AQShga qarshi maydonga tushadi. Agarda jamoa g‘alaba qozonsa, pley-off masalasini hal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!