Bu futbolchi bizga to‘g‘ri kelmas ekan!

  • 21 avgust, 2022, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning amaldagi chempioni “Milan” o‘z mudofaa chizig‘ini PSJ markaziy himoyachisi Abdu Diallo yordamida kuchaytirmoqchi bo‘layotgan edi.

Tecno

Milanliklar senegallik futbolchini bir necha oy mobaynida asosiy nishon sifatida kuzatib bordi. Ular Dialloni jamoani tark etgan Alessio Romanoliga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgandi.

“Milan” Abduni bir mavsum ijaraga olib, keyinchalik sotib olish huquqini qo‘lga kiritish uchun parijliklar bilan muzokara boshlab qo‘ygani haqida xabarlar bor. Biroq, Tuttomercatoweb saytining ma’lum qilishicha, “Milan” Dialloga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotishi ortidan PSJ mutasaddilari bilan uchrashuvlar ham to‘xtatildi.

Abdu Diallo 2019 yildan beri PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda va shu kungacha parijliklar uchun 75 marotaba maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!