
“Bavariya” “Barsa”dagi “yulduzcha”ni ko‘zladi
“Barselona”ning iste’dodli yarim himoyachisi Gavi “Bavariya” rahbariyatini jiddiy qiziqtirib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.
Manbaning taxkidlashicha, myunxenliklar 17 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ayni paytda Kataloniya klubi mutasaddilari iste’dodli futbolchini yangi shartnomaga ko‘ndira olmayapti.
Ispaniyalik yarim himoyachi joriy mavsumda La Ligada 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi.
Transfermarkt portali yosh “yulduzcha”ni 60 million evroga baholamoqda.
Fikrlar