
Bu bola Xolanddan zo‘r chiqib qoldi
Bundesligada porlay boshlagan Seru Girassi to‘purarlik borasida Germaniya chempionati rekordini o‘rnatdi.
“Shtutgart” jamoasi sakkizinchi turda “Union Berlin” maydonidan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. O‘yinda hisobni ochgan Seru Girassi mavsumdangi 14-golini kiritdi.
Bundesliga tarixida hali hech qaysi futbolchi mavsum boshida bunday sermahsullik qayd etmagan. Bu kabi yuqori samaradorlikni Robert Levandovski ham, Erling Xoland ham ko‘rsata olmagan.
Umuman olganda, jahon futbolida faqatgina Krishtianu Ronalduning natijasi Girassinikidan ustun hisoblanadi. Portugaliyalik yulduz 2014 yili “Real” safida dastlabki sakkizta turda raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar