Brunu Fernandesh Ronalduga qarshi bordi

  • 7 sentabr, 16:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” etakchisi Brunu Fernandesh yozgi transferlar davrida Saudiya Arabistonining uch klubi – “Al-Hilol”, “An-Nasr” va “Al-Ittihod” taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Portaguliyalik futbolchiga birinchi bo‘lib ibl oyida “Al-Hilol” murojaat qilgan. Brunu ularga yana kamida bir yil Evropada qolishini aytgan.

Bundan tashqari, “An-Nasr” etakchisi Krishtianu Ronaldu o‘z hamyurtini Riyod klubiga chaqirgan. Biroq Fernandesh Portugaliya terma jamoasidagi sardorining fikriga qarshi chiqib, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.

Brunu Fernandesh 2020 yilning boshidan beri “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Mohir pleymeyker hozirga qadar barcha turnirlarda 294 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 99 ta gol urgan va jamoadoshlariga 86 ta golli pas uzatgan.

Uning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etadi. Transfermarkt portali ekspertlari yarim himoyachini 50 million evroga baholayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!