Brunu: “Biz “Barselona”ga faqat g‘alaba uchun boramiz”

  • 6 mart, 09:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Brunu Laje boshchiligidagi “Benfika” Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichining ilk uchrashuvida "Barselona" bilan bahs olib borib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu uchrashuv davomida portugaliyaliklar o‘yinning asosiy qismida 1 kishi ko‘p bo‘la turib, ko‘plab xavfli vaziyatlar yarata olishdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Bruno Lage, Head Coach of SL Benfica, speaks to the media in a post match press conference after the UEFA Champions League 2024/25 Round of 16 first...

"Biz hisobni allaqachon 20-soniyada ochishimiz mumkin edi. O‘yin oxirida ham juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldik. Umuman olganda, butun uchrashuv davomida bizda bir qator yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi va natija boshqacha bo‘lishi mumkin edi. 

Biz ajoyib jamoaga qarshi yaxshi o‘yin namoyish etganimizni inobatga olishimiz va iloji boricha tezroq tiklanishimiz kerak. Kataloniyaga esa faqat g‘alaba uchun boramiz. Maqsadimiz – keyingi bosqichga yo‘l olish. Aynan shu haqida kiyinish xonasida gaplashdik,"
– deydi "Benfika" ustozi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi javob bellashuvi 11 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:45 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!