
Bruno MYudan ketmoqchi edi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh jamoani tark etishi mumkin edi.
Gap shundaki, aprel oyida "qizil iblislar" Superligaga qo‘shilishga rozi bo‘ldi. Bu qaror portugaliyalik futbolchining g‘azabiga sabab bo‘ldi. Agar bu loyixa muvaffaqiyatla bo‘lsa, u boshqa jamoaga o‘tmoqchi bo‘lgandi.
Oxir-oqibat Superliga g‘oyasi amalga oshmadi. Shu sababli, Fernandesh MYuda qoldi.
Ushbu mavsum 27 yoshli pleymeyker jami 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar