
Britaniyalik bokschi ikki yilga boksdan chetlatildi
Rio Olimpiadasi ishtirokchisi bo‘lgan 21 yoshli britaniyalik engil vaznli bokschi Muhammad Ali taqiqlangan moddalar iste’mol qilgani uchun ikki yilga boksdan chetlatildi. Uning organizmida trenbolon sinfiga kiruvchi modda topilgan.
Britaniyalik doping tekshiruvini 2017 yil aprel oyida Marokashda o‘tgan WSB turniridan so‘ng topshirgan. Uzoq muhokamadan keyin Ali ikki yilga boksdan chetlatildi, deya xabar beradi BoxingScene nashri.
Alining faoliyatidagi eng yuqori natijasi 2015 yil Evropa chempionatida bo‘lgan va o‘shanda u qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan. U shuningdek, Buyuk Britaniya chempionatida ham zafar quchgan.
Fikrlar