
Briks o‘yinlari: Boks bo‘yicha ilk oltin medal qo‘lga kritildi!
Ayni daqiqalarda Qozon shahrida BRIKS turnirining boks bo‘yicha final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Hozirga kelib finalga yo‘l olgan bir qator bokschilarimiz o‘z janglarini o‘tkazib bo‘ldi. Jumladan, -46 kg vaznda Shodiyorjon Meliboev mezbonlar vakili Volodya Mnatsakanyanga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, -54 kg vaznda Shahzod Muzaffarov yana bir rossiyalik Maksim Kuznetsovga mag‘lub bo‘ldi. -57 kgdagi vakilimiz Hudoynazar Fayzov ham Rossiya vakili Andrey Peglivanyanga qarshi jangda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. - 60 kgdagi vakilimiz Dilshod Abdumurodov esa Abxaziya vakili German Ardjeniyaga mag‘lub bo‘ldi. -67 kg vaznda anchagina shov-shuvli janglarni o‘tkazgan yurtdoshimiz Shavkatjon Boltaev finalda yana bir rossiyalik Karen Solovyovga qarshi ringga ko‘tarildi va u ajoyib tarzda g‘alaba qozonib, ilk oltin medalni taqdim etdi. Oldinda quyidagi bokschilarimizning jangi kutib turibdi.
-71 kg: Havasbek Asadullaev - Sergey Koldenkov (Rossiya)
-75 kg: Javohir Ummataliev - Sergey Sergeev (Rossiya)
-80 kg: To‘rabek Habibullaev - Beshto Shavlaev (Rossiya)
-92 kg: Madiyar Saydrahimov - Ramazan Hanapiev (Rossiya)
+92 kg: Bahodir Jalolov - Vladislav Smyaglikov (Bellarus’)
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Tat’yana Trushkina (Bellarus’)
-75 kg: Aziza Zokirova - Elena Gapeshina (Rossiya)
Fikrlar