"Breshiya" prezidenti Balotelli bilan shartnoma imzolaganidan afsusda

  • 25 iyul, 2020, 17:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Breshiya" klubi prezidenti Massimo Chellino jamoaga Mario Balotellini taklif qilib katta xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi.

Tecno

“A Seriyaga chiqqanimizdan so‘ng bizda katta ishtiyoq bor edi. Men osmondagi yulduz futbolchiga e’tibor qilib, qolgan futbolchilardan yuz o‘girdim. Ular esa jamoani ligada olib qolishlari mumkin edi. Men va Mario aybni ikkiga bo‘ldik. Nazarimda u jamoaga yordam bera olishi mumkin edi, ammo umidlar asossiz bo‘lib chiqdi”, - deydi prezident.

Eslatib o‘tamiz, “Breshiya” muddatidan avval A Seriyani tark etdi. Balotelli esa mashg‘ulotlarga kelmayapti va klub bilan imzolangan shartnomani bekor qilishdan bosh tortmoqda. U joriy mavsum 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!