"Breshiya" bosh murabbiyi: Balotelli hafsalamni pir qildi

  • 6 iyun, 2020, 17:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Breshiya” klubi bosh murabbiyi Diego Lopes tez orada jamoadan ketadigan hujumchi Mario Balotelli haqida gapirdi.

Tecno

“Hayotda quruq gaplar emas, faktlar rol o‘ynaydi. Hozirgi vaziyatda bitta haqiqat bor. Butun jamoa bitta yo‘ldan bordi, Balotelli esa boshqa yo‘lni tanladi. Mario Breshiya o‘zi ulg‘aygan shahar ekanini inobatga olib, bu jamoaga juda ko‘p narsa bera oladi deb o‘ylagandim. Men unga juda ko‘p narsa berdim, ammo u mening hafsalamni pir qildi”, - deydi Lopes.

Balotelli joriy mavsum “Breshiya” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!