Breaking! "Galatasaroy" Osimxen transferi bo‘yicha "Napoli" bilan kelishib oldi

  • 2 sentabr, 2024, 20:28
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Galatasaroy" ushbu yozning eng katta transferlarini birini amalga oshirishga yaqin turibdi. Jamoa "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxenni o‘z safiga qo‘shib olish ustida faol ishlamoqda. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, klublar ushbu transfer bo‘yicha kelishib oldi. Turkiya klubi straykerga 10 million evrolik maosh taklif qilmoqda. Shu bilan birga, transfer shartnomasida hech qanday sotib olish bandi yo‘q. Ammo hali nigeriyalik futbolchi so‘nggi qarorini qabul qilgani yo‘q. 

Osimxenni qo‘lga kiritish uchun mazkur yozda "Chelsi" va "Al-Hilol" harakat qilib ko‘rdi, lekin u bilan maosh borasida "aristokratlar" kelisha olishmadi, riyodliklar esa Ayvan Tounini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!