
BREAKING! Alisher Odilov BAA klubiga o‘tishga yaqin
Alisher Odilov faoliyatini BAA klubida davom ettirishga yaqin turibdi.
Futbolchi "Olimpik"dan ketdi. U "Navbahor"dan bo‘lgan taklifni legionerga aylanishni istagani uchun rad etdi.
Ma’lumot uchun , Odilov 2022 yilning boshidan beri "Olimpik" jamoasida to‘p tepib kelayotgan edi. Futbolchi Toshkent jamoasi safida umumiy 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar