Braziliyaga 3 ta gol urgan argentinalik futbolchi "Barselona"ga o‘tishi mumkin

  • 25 noyabr, 2023, 10:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida bir nechta futbolchilar top klublar e’tiboriga tushmoqda. Shulardan biri Argentinaning hujumkor yarim himoyachisi Klaudio Echeverridir. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, futbolchini o‘z tarkibida ko‘rishni istayotgan jamoalar etarlicha. Uning "River Pleyt" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning qishida o‘z nihoyasiga etadi. Klub u bilan yangi bitim imzolashga urinmoqda. "Sport" nashri esa Echeverri "Barsa"ga o‘tish ehtimoli yuqoriligini ta’kidlamoqda. Sababi, xavbek avvalroq kataloniyaliklar safida to‘p tepish orzusi ekanligini aytgan. 

Echeverri 2 hafta oldin: "River"dan tashqari "Barselona"da o‘ynashni istayman, chunki men Messining ashaddiy muxlisiman va uning Ispaniyadagi o‘yinlarini ko‘rganman".

Eslatib o‘tamiz, Argentina mundialning yarim finalida Germaniyaga qarshi maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!