
Braziliyadan Evropaga ajoyib to‘purar keladi
“San-Paulu” jamoasi hujumchisi Brenner Evropaning mashhur klublaridan jiddiy takliflar ola boshladi. Ayni paytda 20 yoshli futbolchini “Arsenal”, “Yuventus”, “Milan” va “Latsio” kabi klublar o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun o‘zaro raqobatlashmoqda.
Brenner Braziliya chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va uchta golli pasga mualliflik qildi.
Bu transfer bo‘yicha “Arsenal”ning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Chunki “kanonirlar” boshqaruvida Edu faoliyat yuritmoqda. Bu mutaxassis ko‘plab braziliyalik futbolchilarni “Arsenal”ga ko‘chirib kelgani bilan mashhur.
“Sana-Paulu” Brennerning badal pulini 50 million evroga baholagan. Biroq, pandemiya ta’sirida bu summa anchagina pasaytirilishi aytilmoqda.
Fikrlar