
Braziliya terma jamoasining Amerika kubogida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite pentakampionlarning 14 iyundan 7 iyulgacha o‘z vatanlarida bo‘lib o‘tadigan Amerika kubogi musobaqasida ishtirok etadigan futbolchilardan iborat tarkibini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Alisson ("Liverpul"), Ederson ("Manchester Siti"), Kassio ("Korintians").
Himoyachilar: Dani Alves, Markinos, Tiago Silva (barchasi – PSJ), Miranda ("Inter"), Filipe Luis ("Atletiko"), Aleks Sandro ("Yuventus"), Militao ("Portu"), Fagner ("Korintians").
Yarim himoyachilar: Allan ("Napoli"), Artur, Filippe Koutino (ikkalasi – "Barselona"), Kazemiro ("Real"), Fernandino ("Manchester Siti"), Everton Ribeyro ("Flamengo"), Lukas Paketa ("Milan").
Hujumchilar: Neymar (PSJ), Gabriel Jezus ("Manchester Siti"), Risharlison ("Everton"), Roberto Firmino ("Liverpul"), David Neres ("Ayaks").
Fikrlar