Braziliya prezidentiga Anchelotti terma jamoaga bosh murabbiyi bo‘lgani yoqmadi

  • 14 may, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bilan xayrlashishi aniq bo‘lib ulgurgan Karlo Anchelotti tez orada Braziliya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ish boshlaydi.

Tecno

65 yoshli italiyalik mutaxassisning Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishiga ushbu mamlakat prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva munosabat bildirdi.

O Globo nashrining ta’kidlashicha, mamlakat rahbari terma jamoani mahalliy mutaxassislar boshqarishi lozim, degan fikrda.

Anchelotti yuqori malakali mutaxassis sifatida Braziliya terma jamoasiga yordam bera oladi, deb umid qilaman. Aslida men xorijlik mutaxassislarga qarshi emasman, lekin Braziliyada mamlakatning bosh jamoasini boshqarishga qodir mutaxassislar etarli edi, - dedi Luis Inasiu Lula da Silva.

Ta’kidlash joizki, Karlo Anchelotti Braziliya futbolchilarini boshqarishga kirishishi bilan terma jamoalar murabbiylar orasida eng katta maosh oladigan mutaxassislardan biriga aylanadi. Braziliyaliklar mashhur murabbiyga yillik 9 million evro maosh va’da qilgan. Aygar terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionatida yarim  finalga chiqsa, bu summa 11 million evrogacha ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!