
Braziliya prezidenti: "Terma jamoaga Vinisius va boshqa legionerlar kerak emas"
Braziliya prezidenti Lula da Silva milliy terma jamoa faqat mahalliy ligada o‘ynaydigan futbolchilardan iborat bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda O Povo/CBN radiostantsiyasi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, mamlakat prezidenti legionerlarning terma jamoa safida o‘ynashini xohlamaydi.
- Chet el klubida o‘ynaydiganlarning harakatlari bu erda o‘ynaydiganlardan farq qilmaydi. Men anchadan beri Braziliya terma jamoasida mahalliy ligada o‘ynaydigan o‘yinchilar bo‘lishini qo‘llab-quvvatlayman. Kecha gol urgan ikki futbolchi Braziliya chempionatida to‘p tepadi. Biz mana shunday futbolchilarga imkoniyat berishimiz kerak, - dedi Braziliya rahbari.
Fikrlar