
"Brayton"ga qarshi Husanov qanday statistika qayd etdi?
Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Siti" "Brayton" bilan kuch sinashib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Ushbu bellashuvda milliy terma jamoamiz himoyachisi hisoblangan Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. Uning mazkur vaqt davomida qayd etgan ko‘rsatkichlarini tanishing.
Maydondagi vaqt - 90 daqiqa
To‘pga teginishlar - 77
To‘pni uzoqlashtirish – 7
Bosh bilan uzoqlashtirish - 4
Oyoq bilan uzoqlashtirish - 3
Paslar – 59/66 (89%)
Kesib o‘tuvchi uzatma – 0
Ikkinchi qavatdagi ustunlik – 3/4
To‘pni yo‘qotish – 0
Qoidabuzarlik – 0
Ma’lumot o‘rnida, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini "Bornmut"ga qarshi 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da o‘tkazadi.
Fikrlar