
“BoxRec” va “The Ring” avgust oyi “Pound-for-pound” reytingini e’lon qildi
Professional boks olamining o‘ziga xos reytingi mavjud. Yo‘nalishlar ya’ni nufuzli to‘rttasi WBC, WBA, WBO, IBF qolaversa “BoxRec” va “The Ring” har oy bokschilar reytingini e’lon qilib boradi. Ayniqsa, “BoxRec” va “The Ring” e’lon qilib boradigan “Pound-for-pound” ya’ni bokschilarning vazn toifasidan qat’iy nazar belgilanadigan reytingi muxlislar diqqat markazida bo‘ladi. Yaqindagina avgust oyi natijalari e’lon qilindi. E’tiborga molik jihati mazkur oyda filippinlik Menni Pakyao kuchli o‘nlikka qaytgani bo‘ldi.
“BoxRec” talqini bo‘yicha bu oy ham peshqadam Saul Kanelo Alvares bo‘lgan bo‘lsa, “The Ring” da aksincha meksikalik charmqo‘lqop ustasi uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Birinchi o‘rinni ukrainalik Vasiliy Lomachenko qayd etgan.
Quyida, avgust oyining “Pound-for-pound” reytingini “BoxRec” va “The Ring” talqinini e’tiboringizga xavola etamiz:
“BoxRec” P4P.
1. Saul Alvares (Meksika)
2. Terens Krouford (AQSh)
3. Gennadiy Golovkin (Qozog‘iston);
4. Errol Spens (AQSh);
5. Vasiliy Lomachenko (Ukraina);
6. Aleksandr Usik (Ukraina);
7. Migel Berchelt (Meksika);
8. Kallum Smit (Buyuk Britaniya);
9. Leo Santa Krus (Meksika);
10. Menni Pakyao (Filippin).
“The Ring” P4P
1. Vasiliy Lomachenko (Ukraina);
2. Terens Krouford (AQSh);
3. Saul Alvares (Meksika);
4. Naoya Inoue (Yaponiya);
5. Aleksandr Usik (Ukraina);
6. Errol Spens (AQSh);
7. Gennadiy Golovkin (Qozog‘iston);
8. Xuan Fransisko Estrada (Meksika);
9. Mayki Garsiya (AQSh);
10. Menni Pakyao (Filippin);
Fikrlar