“Borussiya”: Xoland o‘rniga undan zo‘r chiqadigan to‘purarlarni olamiz!

  • 16 may, 2022, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” rahbariyati Erling Xoland jamoani tark etishini inobatga olib, yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qildi.

Tecno

Sky Sport nashrining xabar berishicha, dortmundliklar yaqinda qo‘lga kiritgan KArim Adeyemi ham jamoaning hujum alohiyatini oshiradi.

Bundan tashqari, “Borussiya” mutasaddilari Niderlandiya chempionatida to‘purarlik qilayotgan “Ayaks” forvardi Sebasten Alle va “Reyms”da ko‘zga ko‘rina boshlagan vunderkind Ugo Ekitikeni ham transfer qilmoqchi. Bu ikki hujumchi yaqin kelajakda Erling Xoland darajasiga chiqishi kutilyapti.

Frantsiyaning “Oser” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Sebastyan Alle bu mavsum 42 ta o‘yinda 34 ta gol urdi va to‘qqista samarali pas uzatdi.

19 yoshli Ekitike esa katta futboldagi debyut mavsumida 25 ta uchrashuvda o‘nta to‘p kiritdi va to‘rtta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!