
“Borussiya”: Sancho va Xolandni kim oladi?
“Borussiya” rahbariyati Evropa grandlari nishonida turgan yarim himoyachi Jeydon Sancho va hujumchi Erling Xolandning transfer narxini e’lon qildi. Dortmundliklar yozda bu ikki etakchi futbolchini saqlab qolishga qiynalishini tan oldi.
Angliyalik hujumkor futbolchini qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan klublar 80 million funt sanashiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili 20 yoshli o‘yinchining transferi 110 millionga baholangan edi. Ayni paytda Sanchoga “Manchester Yunayted” va “Liveprul” asosiy da’vogar hisoblanadi.
Norvegiyalik hujumchi orzusi bilan yashayotgan murabbiylar uni o‘z shogirdlari qatorida ko‘rish uchun klub xo‘jayinlarini kamida 150 million funtdan voz kechishga ko‘ndirishi kerak. Xolandning narxi o‘ta balandligiga qaramay, uni “Real”, “Barselona”, “Manchester Yunayted, “Manchester Siti” va “Chelsi” kabi qudratli klublar o‘ziga chorlamoqda.
Fikrlar