
"Borussiya" kichik hisobda g‘alaba qozonib, turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi
Bundesliganing 22-turidan o‘rin olgan "Xoffenxaym" - "Borussiya" Dortmund o‘yini mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvdagi yagona gol mualiffi Xulian Brant. Vinger 43-daqiqada Marko Roys uzatgan to‘pni darvozaga joylab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Borussiya" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida vaqtinchalik birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Klub "Bavariya"dan 3 ochko oldinda bormoqda.
Fikrlar