
"Borussiya" Dortmund safarda "Sevilya"ni engdi. Erling Xolanddan dubl (video)
UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki bahsida “Sevilya” o‘z maydonida “Borussiya” Dortmundni qabul qildi.
“Roman Sanchez Pisxuan” stadionidagi bellashuv gollarga boy va murosasiz bo‘ldi. Yakunda 2:3 hisobida nemis grandining qo‘li baland keldi. Shu kuni, “Borussiya” safida gollarni Mahmud Daud (19') va Erling Xoland (27', 43') kiritdi. “Sevilya”ning gollariga Suso (7') va Lyuk de Yong (84') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar