Bonuchchi: De Ligt dunyoning eng kuchli himoyachisi bo‘ladi, agar...

  • 24 oktabr, 2019, 21:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi gollandiyalik jamoadoshi Matteys de Ligt haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“De Ligtning taqdiri aniq bo‘lib ulgurgan. Uni tinch qo‘yish kerak. U dunyoning eng eng zo‘r himoyachisi bo‘lishi mumkin, agar hozir eng zo‘ri bo‘lmasa, albatta.

U xuddi men kabi, hech kim qochib qutulolmaydigan xatolarga yo‘l qo‘ydi.

Bu jamoa libosi har qanday futbolchiga ulkan mas’uliyat yuklaydi, biroq, u endigina 20 yosh bo‘lishiga qaramay bu libosda harakat qilmoqda”, - deydi Bonuchchi.

Eslatib o‘tamiz, de Ligt “Yuventus”ga joriy yozgi transferlar davrida “Ayaks”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!