Bo‘lajak yulduzni Evropaning olti grand klubi talashyapti

  • 1 oktabr, 2023, 11:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyaning “Flamengo” jamoasida o‘ynayotgan Lorran kelajakda jahon futboli yulduziga aylanishi kutilmoqda.

Tecno

Hujumkor futbolchiga hozirning o‘zida Evropa grandlaridan oltitasi xaridor bo‘lib turibdi. Ma’lumotlarga qaraganda, 17 yoshli o‘yinchini “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Liverpul”, PSJ va “Lion” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Lorranning “Flamengo” klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Braziliya klubi o‘z o‘yinchisining iqtidori yuqori ekanini inobatga olib, hamkorlik bitimida unga 50 million evro miqdorida badal puli belgilagan.

Yagi yulduzcha ayni paytda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi musobaqalarda to‘p tepyapti. Hozircha, Lorran 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga oltita gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!