
Bokschilarimiz Qozog‘istonda yig‘in o‘tkazish uchun jo‘nab ketdi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xalqaro yig‘inda ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Almati shahriga jo‘nab ketdi.
7 mart kuniga qadar davom etadigan ushbu yig‘inda terma jamoamizning quyidagi a’zolari ishtirok etishadi:
-52 kg: Shahbozbek Tolibjonov
-52 kg: Mironshoh Ibragimov
-57 kg: Oybek Jo‘raev
-57 kg: Hasanboy Latibohunov
-63 kg: Mujibillo Tursunov
-63 kg: Boburmirzo Tolibov
-69 kg: Jahongir Yuldashev
-75 kg: Akmalbek Qosimov
-81 kg: Shohruhbek Rustamov
-91 kg: Javohir Tog‘aymurodov
+91 kg: Obidjon Tohirov
+91 kg: Lazizbek Mullajonov
Murabbiylar: Alisher To‘ychiev, Abduvohid Jalolov, Xamza Avezov.
Yig‘in doirasida jamoaviy bellashuvlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu janglarda hamyurtimiz Sherzod Ahmedov hakam sifatida ishtirok etadi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar