Bokschi yigitlarimiz Qirg‘izistondagi musobaqada umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi, qizlarimizda ham medallar shodasi!

  • 29 may, 2022, 21:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Sobiq Ittifoq qahramoni Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘z nihoyasiga etdi. 

Tecno

Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Xitoydan 130 nafardan ortiq bokschi ishtirok etdi. 

Bahslarda qatnashgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo‘lishdi: 

Oltin: 

-48 kg: Asilbek Jalilov

-63.5 kg: Lazizbek Fattoev

-75 kg: Abdulaziz Abdupattaev

-92 kg: Diyorbek O‘rolov

+92 kg: Jahongir Zokirov

Kumush:

-57 kg: Samandar Xolmurodov

-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

-51 kg: Abdumajid Mannopov

Bronza: 

-71 kg: Kamronbek Turg‘unboev

-63,5 kg: G‘ofurjon Tohirov

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev

Qizlarimiz safida esa sovrindorlarimiz ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi: 

Oltin:

-48 kg: Marjona Savrieva

-52 kg: Feruza Kazakova

-54 kg: Nigina O‘tkamova

-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova

Kumush:

-48 kg: Farzona Fozilova

-54 kg: Nozimaxon Bulturova

-57 kg: Rashida Tagirova

-63 kg: Ziyoda Yarasheva

Bronza: 

-66 kg: Xadichabonu Abdullaeva.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!