Bokschi ayol saraton kasalligidan vafot etdi
Irlandiyalik professional bokschi ayol Jorjiya O'Konnor 25 yoshida saraton kasalligidan vafot etdi. Sportchi turmush qurganiga endigina ikki hafta bo‘lgan edi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyida O'Konnorga "saratonning kamdan-kam uchraydigan va davolab bo‘lmaydigan" shakli tashxisi qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jorjiya havaskorlar bo‘yicha Hamdo‘stlik chempioni, 2017 yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati kumush medali sovrindori, 2018 yilda bronza medali sohibiga aylangandi. 2021 yilda u professional boksda debyut qilib, uchta jang o‘tkazdi va ularning barchasida g‘alaba qozongan edi.



Fikrlar