
Boks. V.A.Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir. Hasanboy Do‘smatov ringga ko‘tarilmoqda
Andijonda V.A.Zolotaryov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir davom etmoqda. Bugun, yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
Quyida barcha natijalarni onlayn yozib boramiz. G‘alaba qozongan bokschilar qoraytirilgan tarzda berib boriladi.
Kunduzgi dastur:
-48 kg: Asilbek Jalilov (Buxoro) - Kamronbek Mannobov (Andijon)
Kamronbek Mannobov qiziqarli kechgan jangda g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.
-48 kg: Doniyor Bekmurodov (Yoshlar terma jamoasi) - Nodirjon Mirzahmedov (Toshkent)
Tajribali Nodir Mirzahmedov g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini naqd qildi.
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov (Andijon) - Shodiyor Meliqo‘ziev (Farg‘ona)
Hasanboy Do‘smatov yosh raqibiga o‘ziga xos master-klass o‘tab berdi. Hatto, ikkinchi raundda Meliqo‘ziev nokdaun holatiga tushib qoldi. Yaqqol dominantlik qilgan Hasanboy yakunda finalga yo‘l oldi.
-51 kg: Ziyovuddin Alijonov (Yoshlar terma jamoasi) - Foziljon Abdumurodov (Jizzax)
Foziljon Abdumurodov qiyin jangda g‘alaba qozondi.
-54 kg: Sadirbek Kamolmirzaev (Farg‘ona) - Avazjon Yo‘ldoshev (Farg‘ona)
Avazjon Yo‘ldoshev 2-raunddan jarohat olganligi sababli g‘alaba Sadirbek Kamolmirzaevga berildi.
-54 kg: Abduvali Bo‘riboev (Yoshlar terma jamoasi) - Sanjar Vahobov (Toshkent viloyati)
Sanjar Vahobov qiyin kechgan jangda g‘alabaga erishdi.
-57 kg: Abdumalik Halakov (Toshkent viloyati) - Akiitay Rabatov (Qozog‘iston)
Xalakovda biroz jarohat sabab bu jang o‘tkazilmadi.
-57 kg: Mirzabek Mirzahalilov (Farg‘ona) - Samandar Xolmurodov (Jizzax)
Xolmurodov qiyin kechgan jangda g‘alaba qozondi.
-60 kg: Sirojbek Ismoilov (Andijon) - Erasil Tankay (Qozog‘iston)
Shunqor Abdurasulovni sensatsion tarzda musobaqalar chiqarib yuborgan Siroj Ismoilov g‘alabali odimini davom ettiradi va finalga yo‘l oldi.
-60 kg: Dilshod Abdumurodov (Surxondaryo) - Adham Muhtdinov (Toshkent viloyati)
Qiziqarli kechgan jangda Abdumurodov g‘alabaga erishdi.
Fikrlar