
Boks. Stranja-2023: Hasanboy Do‘smatov Messining hamyurtiga boksdan "dars berib qo‘ydi"
Hozirgina “Stranja-2023” xalqaro turnirining erkaklar o‘rtasida -51 kg vazn toifasida hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov hamda argentinalik Nikanor Ramon ishtirokidagi final janggi nihoyasiga etdi.
Andijonlik bokschimizning ustunligida kechgan jang yakunda ham uning g‘alabasi bilan yakunlandi. Aytish kerakki, bu terma jamoamiz hisobidagi ikkinchi oltin medal sifatida qayd etildi.
Fikrlar