Boks. Qozog‘istondagi turnirda ham yarim final janglari yakunlandi

  • 17 may, 2024, 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Astana shahri mezbonlik qilayotgan “Elorda kubogi” bahslarining erkaklar o‘rtasidagi yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi. Bugun 5 nafar bokschimiz final uchun ringga ko‘tarildi.

Afsuski ulardan, Mirazizbek Mirzahalilov va A’loxon Abdullaevlar mezbon bokchilarga imkoniyatni boy berib, turnirni bronza medali bilan yakunladilar. Qolgan 3 nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi. 

Natijalar bilan tanishing:

-63,5 kg: Athamjon Muhiddinov - Almat Abduali (Qozog‘iston) 5:0

-71 kg: Havasbek Asadullaev - Aman Konisbekov (Qozog‘iston) 4:1

-80 kg: Rahmatullo Boymatov - Ayatulla Takejanov (Qozog‘iston) 5:0

Bugun shuningdek Rossiyaning Xabarovsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turnirida ham yarim final janglari bo‘lib o‘tdi va unda ishtirok etgan 11 nafar bokschimizning barchasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!