
Boks olamidagi shoumen Rayan Garsiya Olimpiada chempioni bilan jang qiladi
Professional boksning engil vazn toifasidagi vaqtinchalik WBC kamari uchun Rayan Garsiya va Lyuk Kempbell o‘rtasidagi jang tasdiqlandi. Ularning ushbu muvaqqat kamar uchun to‘qnashuvi 5 dekabrda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda. Manzil esa tez kunlarda e’lon qilinadi. Mazkur bahs g‘olibi hozirda Devin Xeyniga tegishli WBC jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylanadi.
22 yoshli Rayan Garsiya (20-0 , 17 KO) o‘zining oxirgi jangida Fransisko Fonsekani ( 25-3, 19 KO) birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi. 32 yoshli London Olimpiadasi chempioni Lyuk Kempbell (20-3, 16KO) esa, so‘nggi marta WBC jahon chempionlik kamari uchun ukrainalik Vasiliy Lomachenko qarshi jangda ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Fikrlar