
Boks. Feruza Kazakova yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Serbiyaning Nish shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugunga kelib, bahslar o‘zining eng qizg‘in pallasiga etib keldi.
-52 kg da final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tarilgan vakilamiz Feruza Kazakova shimoliy koreyalik Pang Chol Miga ochkolar evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Navbahor Hamidova va Albina Moldajanova (Rossiya) to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar